Eng yaxshi bukmeyker
1 000 000 UZS
100% birinchi depozit bonusi
4.8
1 000 000 UZS
100% birinchi depozit bonusi
4.5
3 000 000 UZS
125% birinchi depozit bonusi
3.8

Oʻzbekistondagi eng yaxshi bukmeykerlik kompaniyalari

 
top5bets.com saytida siz Oʻzbekistondagi bukmeykerlik kompaniyalari haqida ishonchli maʼlumotlarni topasiz. Bizning jamoa barcha oʻzgarishlarni kuzatib boradi va oʻquvchilar bugungi kun uchun eng oxirgi maʼlumotlarni olishi uchun ularni tuzatadi.

Oʻzbekistondagi bukmeykerlar reytingi qanday shakllantiriladi

Oʻzbekistondagi bukmeykerlar reytingini tuzishda eʼtiborga olingan omillar:

  • Fikrlar va obroʻ. Reytingga haqiqiy oʻyinchilarning ijobiy sharhlari bilan tekshirilgan kompaniyalar kiritiladi. Shunisi aniqki, ijobiy sharhlari salbiylaridan 100% ustunlik qiladigan birorta bukmeykerlik kompaniyasi mavjud emas. Shikoyatlarni hamma yerda uchratish mumkin. Ammo biz internet olamida minimal miqdordagi salbiy fikrlar bildirilgan ENG YUQORI bukmeykerlarni tanladik.
  • Oʻzbekistonlik oʻyinchilar uchun qulaylik. Oʻzbekistonlik oʻyinchilar hisob qaydnomasini roʻyxatdan oʻtkazishda hech qanday noqulaylik his qilmasligi kerak. Bukmeykerlar o‘zbek so‘mini qo‘llab-quvvatlashi, sayt va ilovalarning o‘zbekcha versiyasiga ega bo‘lishi kerak. Yana bir muhim mezon mamlakatdagi mashhur toʻlov tizimlari — UzCard, UzPay, HUMO va boshqalarning qo‘llab-quvvatlanishidir.
  • Bonuslar. Koʻplab oʻyinchilar uchun roʻyxatdan oʻtishda qutlov bonusiga ega boʻlish muhim hisoblanadi. Reytingga kiritilgan bukmeykerlar bunday bonusniolish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, ro‘yxatga muntazam ravishda aksiyalar tashkil etuvchi kompaniyalar ham kiritilgan. Qutlov bonuslari — yangi oʻyinchilarning huquqi, shuning uchun bukmeykerlik kompaniyalari doimiy mijozlarni ham unutmasliklari muhim hisoblanadi.
  • Ilovalar. Reytingni tuzishda bukmeykerning Android va iOS qurilmalari uchun mobil ilovalar mavjudligi hisobga olindi. Bunda muhim omil dasturiy taʼminotning mavjudligi emas, balki dasturlarning funksional imkoniyatlarida. U oʻyinchiga noqulaylik tugʻdirmaslig va cheklamasligi, biron bir funksiya yetishmaganligi tufayli uni kompyuterdan foydalanishga majbur qilmasligi kerak. Reytingdagi bukmeykerlik kompaniyalari kompyuterlar uchun moʻljallangan rasmiy sayt bilan funksional jihatdan solishtirish mumkin boʻlgan ilovalarga ega.

Oʻzbekistonda bukmeykerlik kompaniyalarini litsenziyalash masalalari

Nazariy jihatdan O‘zbekistonda sportga pul tikish noqonuniy hisoblanadi. Bu holat mamlakatda bukmeykerlik kompaniyalariga litsenziya beradigan nazorat qiluvchi organning yoʻqligi bilan bog‘liq. Lekin hozirda xorijiy bukmeykerlar O‘zbekiston hududida faoliyat yuritmoqda: ularda O‘zbekiston litsenziyasi yo‘q, lekin ularning faoliyati qonun bilan taqiqlanmagan!

Yaʼni, O‘zbekistonlik o‘yinchilar xorijiy bukmeykerlik kompaniyalarida sportga pul tikishlari mumkin. Yagona muammo shundaki, mamlakat hududida xorijiy bukmeykerlik kompaniyalari bloklangan, shuning uchun koʻzgulardan foydalanishga toʻgʻri keladi.

Kelgusida vaziyat oʻzgarishi mumkin. O‘zbekiston hukumati 2021-yil boshida sport turlariga tikishni qonuniylashtirishni rejalashtirgan edi, biroq hozircha bu jarayon noma’lum muddatga qoldirildi. Ammo bunday rejalar aniq mavjud. Asosiy qiyinchilik Rossiyadagi Yagona SUPIS yoki Qozogʻistondagi SUS kabi qonunchilik bazasi va regulyatorni yaratishdadir.

O‘zbekistonda qonuniy bukmeykerlik kompaniyalarining paydo bo‘lishini vaqt koʻrsatadi.

Ishonchli bukmeykerlik kompaniyasini qanday tanlash mumkin

Quyidagilarni hisobga olish kerak:

  • Roʻyxatdan oʻtish jarayoni. Roʻyxatdan oʻtish vaqtida Oʻzbekiston telefon raqamini bogʻlash mumkinmi, soʻmda (UZS) hisobni toʻldirish va tikish mumkinmi yoki yoʻqligini hisobga oling.
  • Bukmeyker sayti xavfsizligi. Bu xususiyat nafaqat bukmeykerlar, balki barcha saytlar uchun amal qiladi. Bukmeykerlik kompaniyasi sayti SSL-sertifikatidan foydalanishiga ishonch hosil qiling. Bu maʼlumotlarni shifrlashni taʼminlaydi. SSL sertifikati mavjud boʻlmagan saytlardan qochish tavsiya etiladi.
  • Texnik qoʻllab-quvvatlash. Ishonchli bukmeyker har doim mijozlar bilan yaxshi aloqada boʻladi. Buning uchun yordam xizmati masʼul. Yordam xizmati xodimlarining o‘zbek tilida gaplashishi muhim. Bu muhim, ammo hal qiluvchi omil emas. Yordam xizmati doʻstona, malakali, foydalanuvchi muammolarini hal qilishga harakat qiluvchan boʻlishi kerak.
  • Fikrlar. Oʻyinchilar Internetda qanday haqiqiy fikrlarni qoldirayotganligini bilib oling. Ular bukmeykerdan shikoyat qilmayaptilarmi, pul yechib olishda muammolar bormi?

Oʻzbekistondagi kompaniyalarning bonus dasturlari

Oʻzbekistondagi eng yaxshi bukmeykerlik kompaniyalari yangi oʻyinchilarga qutlov bonuslari taklif etadi. Koʻpincha bonuslar ikki turda boʻladi — birinchi depozit va roʻyxatdan oʻtish uchun bepul fribet shaklida Quyida birinchi depozit boʻyicha takliflar va ularning shartlari jamlangan jadval keltirilgan.

Bukmeyker Bonus hajmi Veydjer* Promo-kod
1XBET 1000000 UZSgacha x3 Kerak emas
Parimatch 1000000 UZSgacha x10 Kerak emas
Mostbet 3000000 UZSgacha x15 Kerak emas

*Bonuslar maʼlum harakatlarni bajarish uchun beriladi – bukmeyker pulni shunchaki berib qoʻymaydi. Veydjer bonusni olish uchun qancha pul tikishingiz kerakligini koʻrsatadi. Masalan, x5 veydjerga ega 1000000 UZS bonusni oʻynash uchun siz bonusning besh barobari, ya’ni 5000000 UZS pul tikishingiz kerak.

Bukmeykerni tanlashda bonus hajmiga emas, balki veydjerga eʼtibor qaratish lozim. Shuningdek, veydjer shartlarini ham oʻqib chiqishingiz kerak. X10 veydjerli ordinar tikish X5 veydjerli ekspress tikishdan koʻra osonroqdir. Bu jihat, ayniqsa, agar oʻyinchi sport oʻyinlariga tikish boʻyicha kam tajribaga ega boʻlsa, muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonlik bukmeykerlik kompaniyalari uchun promo-kodlarini qidirishdan maʼno yoʻq. Barcha bonuslarni promo-kodni kiritmasdan olish mumkin — shunchaki roʻyxatdan oʻtish kifoya.

Bukmeykerlik kompaniyalarida hisobni toʻldirish va yechib olish

O‘zbekistondagi bukmeykerlik kompaniyalari cheklangan miqdordagi to‘lov usullarini taklif etadi, biroq barcha mashhur to‘lov usullari — UzCard, HUMO, Telegram botlari mavjud. Bukmeykerlar koʻplab xalqaro valyutalarini, jumladan, oʻzbek soʻmini qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻrtacha minimal depozit miqdori 6000 UZSga teng.

Bukmeykerlar ilovalari

Oʻzbekistonning bukmeykerlik kompaniyalari odatda uchta platformada oʻynash imkoniyatini taqdim etadi:

  1. Sayt (toʻliq yoki mobil versiya).
  2. Android uchun ilova.
  3. Ayfon (iOS) uchun ilova.

Saytning afzalligi aniq — siz sonlik bilan Internet-resursni ochishingiz, tizimga kirishingiz/roʻyxatdan oʻtishingiz va keyin oʻynashni boshlashingiz mumkin. Ilovalarda biroz boshqacha: ular birinchi navbatda qurilmaga yuklab olinishi kerak.

Buni amalga oshirishning eng oson yoʻli bukmeykerning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi, ammo bu yerda ayrim jihatlar mavjud. Masalan, Android ilovasini Google Play doʻkonidan yuklab olib boʻlmaydi. Yuklab olish toʻgʻridan-toʻgʻri bukmeykerlik kompaniyasi saytidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston bukmeykerlik kompaniyalaridagi tikish liniyalari

Dunyoning aksariyat davlatlarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham futbolga boʻlgan talab katta. Bukmeykerlar unga eng koʻp eʼtibor berishadi, bu futbol liniyasi, jadvali, koeffitsiyentlar hajmidan koʻrinadi. O‘zbek bukmeykerlik kompaniyalari ENG YUQORI-5 Yevropa chempionatlari, klublar va jamoalarning xalqaro turnirlari o‘yinlariga pul tikish boʻyicha keng tanlov doirasini taklif etadi. Shuningdek, bukmeykerlar O‘zbekiston Superligasi o‘yinlariga ham katta e’tibor qaratishadi.

Keyingi eng mashhur sport turlari — basketbol,xokkey va tennis (tartib ixtiyoriy). Bu yoʻnalishlar oʻzbek tikuvchilari orasida futbolga nisbatan kamroq talabga ega. Ammo basketbolda NBA, xokkeyda NHL, tennis boʻyicha Katta Dubulgʻa turnirlari alohida eʼtiborga loyiqdir.

Mashhurlik boʻyicha keyingi oʻrinda kibersport va aralash yakkakurashlar turadi. Katta turnirlar va oʻyinlar oʻtkazilayotgan vaqtda ushbu sport turlari yuzaga chiqadi, lekin oʻyinchilar odatda ularga unchalik ahamiyat bermaydilar.

Bukmeykerlarning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va hamkorlikning ahamiyati

Oʻzbekiston bukmeykerlik kompaniyalari haqiqatan ham samarali texnik yordam xizmatini yaratishga alohida eʼtibor qaratishadi. Va holat barcha bukmeykerlar uchun taalluqli. Ularning qoʻllab-quvvatlash xizmat xodimlari kiritilgan soʻrovlar bilan tex va yaxshi ishlashadi. Odatda yordam xizmat ikki tilda — oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi.

Natijada, biz quyidagi oʻrtacha javob qaytarish tezligiga ega boʻlamiz:

  • Onlayn chat — 2-3 daqiqagacha.
  • Ishonch telefoni — 2-3 daqiqagacha.
  • Elektron pochta — 10 daqiqagacha.

Oʻzbekistonda qimor oʻyinlarining rivojlanish tezligi

Hozirda bukmeykerlik sanoati oʻz rivojlanish bosqichining eng boshida turibdi. Ammo allaqachon baʼzi xulosalarni chiqarish mumkin. Albatta, oʻzbek bozori xorijlik qimor oʻyinlari operatorlari uchun mazali luqma hisoblanadi. Chet el kompaniyalari mamlakatda qonuniy tikish bozori paydo bo’lishini kutishmoqda. Oshanda bukmeykerlar oʻzbek litsenziyalarini olishni boshlashadi.

Nega O‘zbekistonda sportga pul tikish hozircha noqonuniy hisoblanadi? Gap shundaki, qimor oʻyinlari sohasidagi qonunchilik hozricha toʻliq shakllanmagan. Bu, ayniqsa, nazorat qiluvchi organni tashkil etish, operatorlar va mijozlarni soliqqa tortish masalasi bilan bogʻliq. Tegishli qonun loyihasi qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda bukmyekerlik kompaniyalari bozorida yangi faollik kutiladi.

Ehtimol, 2022-yilda qonunchilik bazasi nihoyat shakllantirilishi mumkin. O’shanda biz Oʻzbekistonda qonuniy ishlash uchun ruxsatnoma oladigan yangi bukmeykerlar oqimini koʻrishimiz mumkin boʻladi.

Koʻp beriladigan savollar

O‘zbekistonda sport turlariga pul tikish qonuniymi?

Yoʻq, qonuniy emas. Biroq, shu bilan birga, bukmeykerlik kompaniyalari qonunchilik darajasida taqiqlanmagan.

O‘zbekistonda bukmeykerlik kompaniyalari qachon ochiladi?

Ular mahalliy regulyator yaratilishi bilan ochiladi. Hukumat litsenziyalar beradigan va bukmeykerlik kompaniyalariga va ulardan boʻladigan barcha pul tranzaksiyalarni nazorat qiluvchi organ tashkil etishi kerak.

Oʻzbekistonning qaysi bukmeykerlik kompaniyalarida pul tikish mumkin?

Siz mashhur xorijiy bukmeykerlik kompaniyalarida pul tikishingiz mumkin. Masalan, 1XBET, Melbet va Parimatch o‘zbek o‘yinchilariga qaratilgan, shuning uchun siz ushbu kompaniyalarda xavfsiz ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

O‘zbek bukmeykerlik kompaniyalarida ro‘yxatdan o‘tishda qanday shartlar mavjud?

Bukmeykerlar 18 va undan katta yoshdagi oʻyinchilarni qabul qilishadi. Roʻyxatdan oʻtishda siz oʻzingiz haqingizda haqiqiy maʼlumotlarni — ismingiz, familiyangiz, tugʻilgan sanangiz va boshqa maʼlumotlarni koʻrsatishingiz kerak. Kelgusida ular tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Verifikatsiyadan oʻtmasdan turib hisobni toʻldirish va pul tikish mumkinmi?

Ha, mumkin. Odatda bukmeykerlik kompaniyasidan pul mablagʻlarini yechib olishda identifikatsiya talab qilinadi.

Identifikatsiya uchun qancha vaqt ketadi?

Oʻrtacha 24 soat

O‘zbekistondagi bukmeykerlik kompaniyalari qanday valyutada oʻynash mumkin?

Kompaniyalar o‘zbek so‘mida, shuningdek, dollar, yevro, rubl va boshqa o‘nlab valyutalarda o‘ynashni taklif qilmoqda.